8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:35 / 17.06.2019 119620

Putinni quchgan Rahmon: Dushanbedagi «Do‘stlik kechasi»dan foto va videolar

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning V sammiti bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ham ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda ishtirokchi mamlakatlarning tinchlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish borasidagi sa'y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammitda 27 davlatning rahbarlari, jumladan, Shavkat Mirziyoyev, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Qosim Jo‘mart To‘qayev, Vladimir Putin, Si Tszinpin, Hasan Ruhoniy va boshqalar ishtirok etishgan.

Tadbirning oliymaqom mehmonlari uchun mezbon davlat prezidenti Imomali Rahmon Varzob darasidagi so‘lim maskanda «Do‘stlik kechasi»ni tashkil etdi. Ushbu kechadan olingan ma'lumotlar Tojikiston prezidentining rasmiy saytida, fotosuratlar va jonli efir esa uning «Feysbuk»dagi sahifasida e'lon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan fotosuratlar va videolavhalarga ko‘ra, davlat rahbarlarining ushbu uchrashuvi formal bo‘lmagan muhitda o‘tgan. Imomali Rahmon ko‘p tabassum va hazil qilgan.

Kreml pulidagi jurnalistlardan biri Dmitriy Smirnov Tojikiston prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni quchganiga e'tibor qaratgan.

 

Top