8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:34 / 17.06.2019 16926

Qirg‘iziston parlamenti sobiq prezident Atamboyevga qarshi ayblovlarni ilgari surdi

Foto: Mixail Metsel/TASS

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan ayblovlarni ilgari surdi. Bu haqda mamlakat qonunchilik organi apparati xodimi ma'lum qildi.

"Sobiq prezidentni daxlsizlikdan mahrum qilish bo‘yicha maxsus komissiya Atamboyevga nisbatan to‘qqizta punkt bo‘yicha ayblovlarni ilgari surdi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sobiq prezident Rossiya fuqarolariga, jumladan uyushgan jinoiy guruhlar a'zolariga mukofot qurollari taqdim etilishi, Chuy viloyatida uy qurish uchun yer uchastkasi noqonuniy egallanishiga aloqador deb hisoblaydi.

Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi ishlariga aloqador.

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari 13 iyun kuni Almazbek Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qilish bo‘yicha komissiya tashkil etishgandi. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, 120 deputatning uchdan ikki qismi tegishli arizani imzolab, uni bosh prokuraturaga jo‘natsa sobiq prezident daxlsizlikdan mahrum etilishi mumkin. 2019 yil bahorida deputatlar “Prezident faoliyati kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga tuzatishlar kiritishib, unga ko‘ra sobiq prezidentlar ba'zi holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Atamboyev Qirg‘izistonni 2011 yildan 2017 yilgacha boshqargan va birinchi prezidentlik muddatidan keyin lavozimini ko‘ngilli tarzda tark etgan ilk prezident bo‘lgan. Atamboyev 2 yil avval Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga Sooronbay Jeenbekovni ilgari surish tashabbusini bildirgan. Biroq keyinchalik ular orasida ziddiyatlar vujudga kela boshlagan.

Qirg‘izistonda 1,5 yil ichida korrupsiyaga gumon bilan Atamboyevning yaqin atrofidan bir necha kishi, jumladan ikki sobiq bosh vazir, Bishkekning ikki meri, bir qator vazirlar, deputatlar hibsga olingan.  

Top