15:01 / 17.06.2019
9836

To‘qayev Rossiya Qozog‘iston uchun «judayam zarur» ekanligini aytdi

Foto: AP Photo/Alexander Zemlianichenko, Pool

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya uning mamlakati uchun «judayam zarur» ekanligini aytdi. U bu haqda Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

«Mening tamoyilim shundan iboratki, Rossiya Qozog‘iston uchun judayam zarur. Ammo Rossiya ham Qozog‘istonsiz boshqacha holatda bo‘ladi», — dedi u.

Uning qayd etishicha, Rossiya va Qozog‘istonni dunyodagi eng uzun quruqlikdagi chegara birlashtirib turadi. U mamlakatlar hamkorlikni rivojlantirish zarur ekanligini anglashlarini qo‘shicha qildi.

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushiga izoh berarkan, To‘qayev bu Qozog‘iston uchun ham xatarli ekanligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Xitoyga qator tabiiy resurslarni eksport qiluvchi yirik eksportchi hisoblanadi, ammo Pekin va Vashingtonning qarama-qarshiligi sababli qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkin.

Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezidentlik vakolatini topshirdi. 9 iyun kuni o‘tkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovida Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘alaba qozondi.

Mavzuga oid
Top