10:10 / 17.06.2019
19471

Toshkentdagi bekatlarga elektron tablolar o‘rnatish boshlandi

«Toshshahartransxizmat» poytaxt bekatlariga yangi elektron tablolarni o‘rnatishni boshladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrining markaziy avtobus bekatlarida LED rusumli tablolar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolarning har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlashi, ularda uzatilayotgan ma'lumotlarning aniqligi barcha yo‘lovchilarimiz uchun birdek manzur bo‘lishi shubhasiz», — deyiladi jamiyat matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, TashBus mobil dasturining qayta ishlangan versiyasi ham ishga tushirilmoqda. Endilikda dastur Android va iOS operatsion tizimlarida ham ishlaydi. Ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushiriladi

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tablolarni o‘rnatish 2016 yilning oxirlarida boshlangan edi. Ularda avtobusning yetib kelish vaqti, bekatdan o‘tib ketadigan avtobuslar ro‘yxati, valutalar kursi, ob-havo ma'lumotlari berib boriladi.

Ma'lumot uchun, Toshkent shahrida 2,5 mingdan ortiq bekat mavjud bo‘lib, hozirda ularning 100tasiga elektron tablolar o‘rnatilgan.

Top