8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:30 / 18.06.2019 21055

Almazbek Atamboyev uyushgan jinoiy guruh tashkil etishda ayblandi

Foto: KP.ru

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatning sobiq prezidenti  Almazbek Atamboyevga nisbatan ayblovlar ilgari surdi. Bu haqda “AKIpress” axborot agentligi xabar berdi.  

Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etish bo‘yicha tuzilgan komissiyaning xulosasi parlamentning huquq-tartibot bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida o‘qib eshittirildi.

Avval ilgari surilgan 9 ta ayblovdan 6 tasi bo‘yicha ayblov bildirildi. Ular orasida “jinoiy guruhlar tashkil etish, Atamboyev tuzumiga qarshi chiqqan parlament deputatlari, jamoat arboblari, jurnalistlar va OAV vakillarini siquvga olish va repressiya qilish” kabi ayblovlar bor.

Bundan tashqari, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida ayblanmoqda.

Komissiyaga barcha 6 ta parlament fraksiyalari vakillari kirgan. Komissiya 3 oy ichida o‘z tergovi natijalarini bosh prokuraturaga taqdim qilishi, prokuratura esa jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. 

Top