8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:00 / 18.06.2019 10065

Chempionlar Ligasi saralashining birinchi bosqichiga qur'a tashlandi

Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi 2019/20 mavsumi saralashining birinchi bosqichiga qur'a tashlandi.

Qozog‘istonning «Astana» klubi Ruminiyaning «Kluj» klubi bilan bellashadigan bo‘ldi. Ozarboyjonning «Qorabog‘»iga Albaniyaning «Partizani» raqib bo‘ldi. Belarusning BATE klubi Polshaning «Pyast» klubi bilan to‘qnash keldi.

Dastlabki o‘yinlar 9-10 iyul kunlari, javob bahslari 16-17 iyul kunlari o‘tkaziladi.

Chempionlar Ligasi, birinchi saralash bosqichi
«Nimme Kalyu» (Estoniya) – «Shkendiya» (Shimoliy Makedoniya)
«Suduva» (Litva) – «Tsrvena Zvezda» (Serbiya)
«Ararat» (Armaniston) – AIK (Shvetsiya)
«Astana» (Qozog‘iston) – «Kluj» (Ruminiya)
«Ludogorets» (Bolgariya) – «Ferensvarosh» (Vengriya)
«Partizani» (Albaniya) – «Qorabog‘» (Ozarboyjon)
«Slovan» Bratislava (Slovakiya) – «Suteska» (Chernogoriya)
«Seltik» (Shotlandiya) – «Sarayevo» (Bosniya va Gersegovina)
«Sherif» (Moldova) – «Saburtalo» (Gruziya)
«Dyudelanj» (Lyuksemburg) – «Valletta» (Malta)
«Linfild» (Shimoliy Irlandiya) – «Rusenborg» (Norvegiya)
«Valyur» (Islandiya) – «Maribor» (Sloveniya)
«Dandolk» (Irlandiya) – «Riga» (Latviya)
TNS (Uels) — ilk saralash bosqichi g‘olibi
XIK (Finlyandiya) – «Torsxavn» (Farer orollari)
BATE (Belarus) – «Pyast» (Polsha)

Top