10:30 / 18.06.2019
12562

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalarni tayinlashda yashash joyidan ma'lumotnoma talab qilinmaydigan bo‘ldi

Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, farzandi tug‘ilganligi munosabati bilan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tayinlashni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan mehnat daftarchasining nusxasi va yashash joyidan ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Shuningdek, yoshga doir pensiya va nafaqalarni, nogironlik pensiyasini, dafn etishga bir martalik nafaqa tayinlashda yashash joyidan ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Top