8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:30 / 18.06.2019 10320

Rasman: Murabbiylar endi bo‘yinbog‘ taqishi majburiy emas

PFL chempionat murabbiylari uchun belgilangan dress-kod (kiyinish tartibi)ni bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lumot berildi. Unga ko‘ra, endi murabbiylar, kostyum yoki bo‘yinbog‘ taqib yurishi majburiy emas.

«O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi barcha klublar bosh murabbiylari uchun belgilangan «kiyinish tartibi» («dress-kod») bekor qilindi. 

Jahon futbolini kuzatish amaliyotidan kelib chiqqan holda, milliy chempionatimiz ishtirokchi klublari murabbiylariga rasmiy galstuk taqish majburiyati bekor qilinadi. Undan tashqari, o‘yin davomida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida klubning rasmiy sport ekipirovkasida bo‘lishga ham ruxsat etiladi».,- deyiladi bayonotda.

PFLning oldingi rahbariyati tomonidan joriy etilgan bu qoida futbol jamoatchiligi, xususan murabbiylarning keskin e'tiroziga sabab bo‘lgandi. Masalan «Navbahor» murabbiyi Andrey Kanchelskis bu haqda keskin fikr bildirgandi ham: «Bo‘yinbog‘ taqishni talab qilish bilan futbol rivojlanib qolmaydi», degandi rossiyalik murabbiy.

Teglar

Top