8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:20 / 18.06.2019 25050

«U menga bu haqda 3,5 yil oldin aytgandi»: Toqayev Nazarboyevning qarori haqida 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Euronews telekanaliga intervyusida Nursulton Nazarboyevning iste'foga ketishi haqidagi qarorini 3,5 yil avval bilganini so‘zlab berdi. 

Qozog‘istonning birinchi prezidenti 19 mart kuni o‘z vakolatlarini to‘xtatishi haqida e'lon qilgandi. Shu kuniyoq prezident vazifasini Toqayev bajarishi ma'lum bo‘lgan. 

«U 3,5 yil avval «Sen keyingi prezident bo‘lasan» deb aytgandi. Bu vaqt masalasi edi, biz kerakli onni tanlagandik», deb aytgan Toqayev intervyusida.

Uning ta'kidlashicha, Nazarboyev hozirda siyosatda qoldi.

«Men u bilan asosiy strategik masalalar bo‘yicha maslahatlashish zarur deb bilaman va shunday ham qilaman, deyarli muntazam. Nursulton Abishevich Nazarboyevning o‘zi Qozog‘istonda ikki hokimlik bo‘lmasligini, u ketishini, biroq prezidentga yordam berishini aytgan. U bizga qancha yordam berishi unga bog‘liq», deb ta'kidlab o‘tgan Toqayev.    

Avvalroq Qozog‘istonning yangi prezidenti mamlakatda fuqarolarga namoyishlarga chiqishga imkon beruvchi qonun qabul qilinishini ma'lum qilgan. 

«Albatta, noqonuniy barcha narsa to‘xtatiladi. Bosh prokuratura ko‘chalardagi bunday namoyishlar – ruxsat olinmagan namoyishlar, tartibsizliklar noqonuniyligidan ogohlantirgan, chunki ular unda ishtirok etishni istamaganlarga xalaqit qiladi. Shu sababli o‘z fikrini bildirish uchun namoyishga chiqishni istovchilar tegishli idoralarga murojaat qiladigan va ularga to‘planish hamda o‘z fikrini bildirish uchun maxsus joy ajratiladigan qonun qabul qilinadi», deb qo‘shimcha qilgan Toqayev. 

Top