8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:50 / 18.06.2019 6283

Ukraina Donbassdan transport qamalini olib tashlashni rejalashtirmoqda

Foto: RIA "Novosti"

"Ukrzaliznitsya" (Ukraina temir yo‘llari) Donbass bilan qatnovni tiklashi mumkin, deb yozmoqda Liga.net kompaniyaning 2023 yilga qadar tasdiqlangan strategiyasiga tayanib.
Hujjatda “DXR” va “LXR” bilan mamlakatning qolgan qismi orasidagi temir yo‘l tashuvlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish ko‘zda tutilgan.

2015 yildan buyon Ukraina hukumati nazorati ostida bo‘lmagan Donbass hududida ruxsatnoma rejimi amal qiladi. “DXR” va “LXR”ga kirish-chiqish faqatgina o‘tkazish punktlari yoki Rossiya hududi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, Kiyev 2017 yil fevralda Donbassdan ko‘mir keltirishni to‘xtatgan.

Top