8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:40 / 18.06.2019 3145

YeI Anqara bilan bojxona ittifoqi to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

Agarda Turkiya Kipr yaqinidagi bahsli suvlarda uglevodorod konlarini qazish ishlarini to‘xtatmasa, Yevroittifoq Anqara bilan bojxona ittifoqi to‘g‘risidagi kelishuvni yangilash bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqda  Euobserver xabar berdi.

Xabar qilinishicha, "YeI Kipr bilan to‘liq bahamjihatlikda javob qaytarishga tayyor ".

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Turkiya O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi uglevodorod konlarida xalqaro huquqqa mos ravishda qazish ishlari olib borayotganini bildirgandi.

Kiprning alohida iqtisodiy hududida gaz konlari topilgan bo‘lib, Turkiya o‘zini hududdagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqiga ega deb hisoblaydi.

Gretsiya TIV Turkiyadan bu hududda qazish ishlarini to‘xtatishni talab qilgan.

Top