8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:27 / 19.06.2019 10582

AQShda Putin va Tramp uchrashuvi yozuvlarini yashirganligi uchun Pompeoni sudga berishdi

Foto: RIA Novosti /Sergey Guneyev

AQSh ma'muriyati faoliyatini kuzatib boruvchi Democracy Forward va American Oversight notijorat tashkilotlari Amerika prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 2017 yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yozuvlarini olib qo‘yishiga to‘sqinlik qilmagani uchun davlat kotibi Mayk Pompeoni sudga berdi. 

Kolumbiya federal okrug sudiga Pompeo, davlat departamenti, milliy arxiv boshqarmasi va AQSh arxivchisiga qarshi da'vo kiritilgan.

"Balki, bu ikki davlat rahbarlari uchrashuvining yagona yozuvidir va tarjimonning qaydlarini olib qo‘yish yoki yo‘q qilib yuborish mumkinmas, chunki prezident Tramp balki ularni yashirmoqchidir. Prezident Tramp va davlat kotibi Pompeoga bu yoqmasligi mumkin, ammo qonun tarjimonning qaydlari qaytarilishi va saqlanishini talab qiladi", - dedi American Oversight ijrochi direktori Ostin Evers.

Avvalroq Washington Post gazetasi Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi tafsilotlarini yashirganini, natijada keyingi ikki yil davomidagi beshta uchrashuvning birorta ham batafsil yozuvi qolmaganligini yozgandi. 

Top