8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

16:26 / 19.06.2019 51150

Dunyoda boyligi 100 mlrd dollardan oshgan kishilar soni uchtaga yetdi

Foto: Bloomberg

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti va asoschisi, fransiyalik Bernar Arno boyligi 100 mlrd dollardan ortiq insonlar qatoridan joy oldi, deb xabar berdi Bloomberg. 

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan kuni Arnoning boyligiga 3 mlrd dollar qo‘shildi va 100,4 mlrd dollarga yetdi. Shunday qilib, dunyoda boyligi yuz milliard dollardan oshgan kishilar soni uchtaga yetdi: avvalroq bu marrani Amazon asoschisi Jyeff Bezos va Microsoft asoschisi Bill Geyts bosib o‘tgandi.

Bloomberg hisob-kitobiga ko‘ra, Arnoning boyligi Fransiya YaIMning 3% dan ortig‘ini tashkil etadi. 

Forbes ekspertlari Arnoning bugungi kundagi boyligini 97,3 mlrd dollar deb baholashmoqda. U ushbu jurnal milliarderlar reytingida uchinchi o‘rinda joylashgan. Undan yuqori o‘rinlarda Bezos ($156,2 mlrd) va Geyts ($102,4 mlrd) bormoqda.

Top