8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:50 / 19.06.2019 18520

MIB xodimlarining ish vaqti masalalari bo‘yicha berilgan savolga javob berildi

Kun.uz’ga ba'zan Majburiy ijro byurosi tizimida faoliyat yuritadigan xodimlar murojaat qilishadi. Ish vaqti va ish hajmi ko‘pligiga o‘z e'tirozlarini bildirishadi. Ba'zilari hatto dam olish kunlari ham ishlashga majbur qilinayotganidan noliydi.

«Biz odam emasmizmi? Biz ham oilamiz bilan dam olgimiz keladi. Yakshanba dam olish kuni – hamma dam ham oladi. Biz esa ishda. Qolgan kunlari ishda ba'zan kechasi bilan ham qolib ketamiz. Shuni anonim tarzda yoritib bering, iltimos», - deyiladi murojaatlarda.

O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga yuzlansak, uning 115-moddasida ish vaqtining normal muddati belgilangan. Unga ko‘ra «Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim».

Bugun, 19 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari va jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda MIB mutasaddilariga savollar bilan yuzlandik.

«Byuro xodimlari haftasiga bir kunlik dam va kuniga 8 soatlik rejimda ishlaydi. Bunday murojaatlarni biz ham o‘rganib bormoqdamiz. Xodimlarning dam olish kunlari ishlashi faqatgina ularning yozma roziligi asosida belgilanadi. 

Agar o‘ziga yuklatilgan rejani belgilangan muddatda amalga oshirolmasa, mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib rahbariyatni xabardor qiladi va shu kunlari ishlab beradi. Rahbariyat esa aynan dam olish kuni ishlagan vaqtini boshqa kunga ko‘chirish (otgul) masalasini ko‘rib chiqadi. 

Xodimlarning mehnat vaqtidagi va umuman ijtimoiy ta'minot masalasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mehnat ta'tillari ham beriladi», - dedi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy ahborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Tashpulatov.

Teglar

Top