8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

01:35 / 19.06.2019 4147

O‘zbekiston hududlari turistik logotipini yaratish bo‘yicha tanlov poyoniga yetmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar logotiplarini yaratish ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlarning turistik logotiplarini ishlab chiqishga doir tanlov haqida e'lon qilgan edi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Shu sababli, qo‘mita mazkur tanlov yakunlanishiga 2 kun qolgani munosabati bilan tanlov haqida yana bir bor eslatib qo‘yishga qaror qildi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Hududlar logotiplarini tayyorlashga doir tanlovda 16 yoshdan oshgan kishilar, shu jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va turizmga qiziqishi bo‘lgan boshqa kishilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari

Loyihalar tanlovda mualliflarning o‘zi tomonidan taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish quyidagi material va hujjatlar kerak bo‘ladi:

- belgilangan namunadagi ariza;

- tanlovga taqdim etilayotgan logotipning qisqacha tavsifi;

- loyihaning elektron versiyasi: Tiff, Psd yoki Jpeg 1500 px formatidagi logotip.

Qanday jihatlarga e'tibor qaratiladi?

Tanlovga yo‘llangan loyihalarni baholashda ularning kreativligi, yodda qolishi, o‘ziga xosligi, yorqinligi va oddiyligi inobatga olinadi.

Mukofot summasi

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va ularning ijodiy ishlari hududlar logotiplari sifatida tasdiqlanadi. Mukofot summasi - 25 million so‘mgacha. Mukofotlar uchun ajratilgan umumiy mablag‘lar miqdori 300 million so‘m etib belgilangan.

Tanlov muddati

2019 yilning 20 iyuniga qadar etib belgilangan.

Ta'kidlash joizki, bugunga kelib O‘zbekistonning turli hududlaridan 200 dan ortiq ijodiy ishlar yo‘llangan va 20 iyunga qadar hududlar logotiplarini yaratish istagida bo‘lgan kishilarning ishlari kutib qolinadi.

Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Top