8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:20 / 19.06.2019 6642

Tramp Xitoy mahsulotlariga bojlardan yiliga 500 mlrd dollar olinishini aytdi

Foto: AP /Carolyn Kaster

AQSh Xitoydan olib kiriluvchi mahsulotlarga boj qiymatlari oshirilishi hisobiga har yili 500 mlrd dollargacha daromad oladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytdi.

“Biz har yili 500 mlrd dollar olamiz, o‘ylab ko‘ring-a, 500 mlrd dollar”, deb aytgan u Floridadagi saylovoldi namoyishida va AQSh Xitoy bilan savdoda “hattoki 10 sent” ham yo‘qotish niyatida emasligini qo‘shimcha qilgan.  

U Xitoy raisi Si Tszinpinni “ajoyib prezident” deb atagan, biroq “Xitoy bilan bitim tuzilsa yaxshi bo‘lishi, tuzilmasa ham yaxshi ekanligini” ta'kidlab o‘tgan. 

Trampning ta'kidlashicha, AQSh kompaniyalari biznesni yuritish uchun nomaqbul sharoitlar va Xitoy valutasi – yuanning pasaytirilgan kursi sababli Xitoyni tark etmoqda.

AQSh prezidenti “Xitoyga Amerikadagi ish o‘rinlari va texnologiyalarini o‘g‘irlashga ijozat bermasligini” qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Tramp Yaponiyada o‘tadigan G20 sammitida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmasa, 300 mlrd dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj qiymatlarini oshirishini aytgan.

Avvalroq AQSh Xitoydan keltiriluvchi 200 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj to‘lovlarini 10 foizdan 25 foizgacha oshirgandi.

Top