8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:34 / 20.06.2019 13886

AQShda yangi turdagi gipertovushli raketa taqdim qilindi  

Foto: AFP

AQShning harbiy-sanoat kompaniyasi Raytheon to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigatelida ishlovchi gipertovushli raketa konseptini taqdim qildi. Bu haqda Aviation Week nashri xabar berdi. 

Raketa dizaynida havoto‘plagichlar yo‘q, biroq nashrning ta'kidlashicha, konstruktorlar ko‘pincha bunday ilg‘or texnologiyalarni niqoblaydilar. Kompaniyaning ta'kidlashicha, raketaning tezligi 5 Maxni (tovush tezligidan 5 marta yuqoriroq, ya'ni 6 ming km/soatdan oshadi) tashkil qiladi. 

“Bu qurolga o‘xshashi hali mavjud emas”, deb aytgan Raytheon vitse-prezidenti Tom Bassing.

Oxirgi vaqtda AQSh gipertovushli raketalarni yaratish ustida faol ish olib bormoqda. 2018 yilda amerikalik harbiylar “havo-sirt” sinfidagi ARRW raketasini yaratishni boshlashgan. AQShda parallel tarzda harbiy-havo kuchlari uchun uzoq ta'sir doirasiga ega HCSW gipertovushli raketa yaratilmoqda. Ta'kidlanishicha, ikki raketaning yaratilishi AQSh budjetiga deyarli 1,5 mlrd dollarga aylanadi.

Top