8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:05 / 20.06.2019 23545

Bizning transportlarimiz hech qaysi davlatnikidan arzon emas -  Fiskal organ

Jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  farmon loyihasida bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish nazarda tutilgan.

Ta'kidlanishicha, qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalarga nisbatan soliq va boshqa imtiyozlar bekor qilinishi taklif etilgan. Shuningdek, milliy avto ishlab chiqaruvchi korxona - GM Uzbekistan ham qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga aylanadi.

Tabiiyki, GM Uzbekistan  QQS tizimiga o‘tishi bilan avtomobil sotuv narxini oshirishidan xavfsirash paydo bo‘ladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovga ko‘ra, transport tizimiga ham QQS kiritilgandan keyin uning xarajatlari, logistikasi bilan bog‘liq masalalar qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

 «Korxona avtomobil ishlab chiqarishda tan narxni 10 foizga tushirishi lozim», — deydi u.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning aytishicha, korxona  Andijon viloyatida transport uchun ehtiyot qism ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkordan tovar sotib olmayapti.

«Bu ichki bozorda narxning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Agar QQS joriy etilsa, GM o‘zining importi haqida ham hisob berishiga to‘g‘ri keladi. Keyin tabiiy savol tug‘iladi: agar o‘zimizda ham shu narsaning narxi arzonroq ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, nega chetdan olib kelinyapti?

Garchi hozir transport tizimiga shuncha imtiyoz berilgan bo‘lsa-da, bizning transportlarimiz hech qaysi davlatnikidan arzon emas. Shuning uchun biz raqobatbardosh muhitni yaratishga ham harakat qilamiz. Qaysidir korxona o‘z xohlagancha narxni oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — deydi u. 

2008 yildan buyon GM Uzbekistan yengil avtomobil ishlab chiqarishda barcha soliqlar, O‘zbekiston yo‘l fondi majburiy to‘lovlaridan ozod etilgandi. Shu paytgacha, zavod QQS to‘lovidan ozod etilgandi.

Top