21:30 / 20.06.2019
16691

Hukumatdagi o‘zgarishlar, milliy aviakompaniyaning shov-shuvli bayonoti, Yaqin Sharqdagi keskinlik va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 20 iyun, payshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘zbekiston xabarlari

 

Ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining XX yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi. Ungacha bir qator lavozim o‘zgarishlari yuz berdi.

·       Otabek Murodov Bosh prokuror lavozimidan ozod etildi va Nig‘matulla Yo‘ldoshev yangi bosh prokuror etib tayinlandi

·       Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi. U endi Senat raisi bo‘lishi mumkin

·       Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

·       Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi

 

Iqtisodiyot va soliq

·       «O‘zbekiston havo yo‘llari»: biz monopol emasmiz!

·       Soliq imtiyozlari amalda saqlanib qoladigan yo‘nalishlar ma'lum qilindi

·       O‘zbekistonda nega hamon loukoster kompaniyalar faoliyat boshlamadi?

·       Soliq imtiyozlari o‘rniga to‘lov muddatini kechiktirish taklif etilmoqda

·       «Paynetchilar» muammosiga yechim taklif etildi

 

Jamiyat

 ·       Hukumat qarori: Majburiy forma joriy qilinishi kechiktirildi

·       Davlat xizmatlari markazi: Qo‘shimcha kvota uchun qabul faqatgina asosiy kvota to‘lganidan so‘ng boshlanadi

·       Maktablarga qabul jarayoni boshlandi: Toshkentdagi 81ta maktabga qabul mikrohudud bo‘yicha DXMlar orqali amalga oshiriladi

·       «Boriga-baraka» o‘yinining qonuniyligi Bosh prokuratura tomonidan o‘rganiladi

·       Maktabdagi qabulni pulli qilish Konstitutsiyaga zidmi?

 

Dolzarb mavzular

 ·       Samarqanddagi perinatal markazda nega bir kunda besh chaqaloq nobud bo‘ldi?

·       Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi

·        O‘zbekiston mehnat bozoridagi vaziyat nimaning evaziga barqaror ushlab turilibdi – vazir sabablarni ma'lum qildi

·       «Milliy tiklanish» partiyasi tavakkalchilikka asoslangan televizion ko‘rsatuvlar faoliyatini tanqid qildi

 

JAHON XABARLARI

·       Eron AQSh dronini urib tushirdi. Tramp bunga keskin munosabat bildirdi va «Eron juda katta xato qildi», dedi

·       Interpolning sobiq rahbari pora olishda aybdorligini to‘liq tan oldi

·       Xitoy raisi 14 yil deganda Shimoliy Koreyaga bordi. Nega aynan hozir?

·       Putin prezident bo‘lish joniga tegmagani va o‘zga sayyoralik emasligini aytdi

·       Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

·       Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlar sudi — 24 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

·       Malayziya bosh vaziri MN17 halokati bo‘yicha tergov xulosalarini isbotsiz deb atadi

·       Zelenskiy prezident ma'muriyati binosidan ko‘chmasa «aqldan ozishi»ni aytdi

 

Sport xabarlari

·       Pul topish va klublarni xususiylashtirish – O‘FAning yangi rahbariyati nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

·       «Rubin» Vitaliy Denisov transferini e'lon qildi

·        OAV: «Real» Neymar uchun taklif jo‘natdi

·       Tokio Olimpiadasi uchun boks yo‘llanmalari qay tartibda o‘ynalishi e'lon qilindi

·       FIFA Qatarni jahon chempionatidan mahrum qilishni rejalashtirmoqda – OAV

Top