14:00 / 20.06.2019
18336

IIV Malaka oshirish institutiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Polkovnik Nuriddin Normatov IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Nuriddin Normatov 2018 yilning sentyabridan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Abdurahmon Azizovich Pardiyev o‘rniga ish boshlaydi.

Mavzuga oid
Top