8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:40 / 20.06.2019 6070

O‘zbekiston mehnat bozoridagi vaziyat nimaning evaziga barqaror ushlab turilibdi – vazir sabablarni ma'lum qildi

O‘zbekiston mehnat bozorini nisbatan barqaror ushlab turishda davlat dasturlari ijrosi doirasida fuqarolarni vaqtinchalik ishga yollash yaxshi samara bermoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari Sherzod Qudbiyev Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi. 

«Mehnat bozoridagi vaziyatni nisbatan barqaror ushlab turishga «Obod qishloq» «Obod mahalla» «Obod markaz» davlat dasturlari doirasida ishlarni amalga oshirish bo‘lyapti. Bundan tashqari, fuqarolarni jamoat ishlari jamg‘armasidan moliyalashtirgan holda qurilish, obodonlashtirish ishlari, ba'zan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etgan holda bandlik ko‘rsatkichlarini nisbatan barqaror ushlab turibmiz. Hozirda, 110 ming kishi shu kabi ishlarda band.

E'tiborli jihati shundaki, «Har bir oila tadbirkor», «Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 180 ming kishiga tadbirkorlik orqali o‘zini-o‘zi ish bilan ta'minlash imkonini taqdim etdik. Bu ham juda ijobiy o‘zgarish», - dedi Sherzod Qudbiyev.

Top