8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:50 / 20.06.2019 19056

Putin Rossiya va boshqa davlatlar sanksiyalardan qancha zarar ko‘rganligini aytdi

Foto: RIA Novosti /Mixail Klimentev

Rossiya 2014 yilda o‘ziga nisbatan sanksiyalar kiritilganidan buyon 50 milliard dollar zarar ko‘rdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Sanksiyalar bekor qilinishi Rossiya iqtisodiyotiga nima berishi mumkinligi haqidagi savolga Putin shunday javob berdi: "Nima beradi va nima bermaydi, nima yo‘qotyapmiz. Qarang. Ekspertlarning ma'lumotlariga ko‘ra, cheklovlar kiritilgan 2014 yildan buyon Rossiya 50 milliard dollar, Yevroittifoq 240 milliard dollar, AQSh 17 milliard dollar, Yaponiya 27 milliard dollar yo‘qotdi".

Uning qo‘shimcha qilishicha, "bularning bari bu davlatlardagi ish o‘rinlarida aks etmoqda va Yevroittifoq Rossiya bozorini yo‘qotmoqda".

Top