8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:10 / 20.06.2019 9791

«Rubin» Vitaliy Denisov transferini e'lon qildi

Rossiyaning «Rubin» klubi «Lokomotiv» himoyachisi Vitaliy Denisovni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

32 yoshli futbolchi qozonliklar bilan 1 yillik shartnomani imzoladi va 29-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi. Denisovning «Lokomotiv» bilan tuzgan mehnat bitimi muddati nihoyasiga yetgani bois, «Rubin» uni erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumning 2-yarmida Denisov «Krilya Sovetov» klubida ijarada o‘ynagan edi.

Vitaliy Denisov Toshkentda tug‘ilgan. «Paxtakor» klubida futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. Keyinchalik o‘qishni Moskvaning «Akademik» klubida davom ettirgan. TsSKA, «Spartak NN» va «Dnepr» klublarida o‘ynagan. 2013 yildan beri Moskvaning «Lokomotiv» klubi sharafini himoya qilgan. U «temiryo‘lchilar» safida jami 141ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 11ta golga hammualliflik qilgan. 

O‘zbekiston milliy jamoasi safida 72ta o‘yinda 1ta gol urgan.

Top