8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:28 / 21.06.2019 2656

Apple batareya yonib ketishi xavfi borligi sababli MacBook Pro noutbuklarini qaytarib olishga qaror qildi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi batareya qizib va yonib ketishi xavfi borligi sababli MacBook Pro noutbuklarini qaytarib olishini e'lon qildi.

«Apple 15 dyuymli eski avlod MacBook Pro noutbuklarida batareya qizib ketishi va yong‘in xavfsizligiga tahdid uyg‘otishi mumkinligini aniqladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Gap 2015 yil sentyabrdan 2017 yil fevraligacha sotilgan 15 dyuymli Retina displeyli qurilmalar haqida bormoqda.

Noutbuk batareyalarni almashtirish dasturidan o‘rin olgan-olmaganligini uning seriya raqami orqali tekshirish mumkin. Buning uchun seriya raqami kompaniya saytidagi maxsus shaklga kiritiladi.

Apple bunday qurilmalar egalariga kafolatli servis markazlari yoki kompaniya magazinlariga murojaat qilishni taklif etmoqda.

Top