20:32 / 21.06.2019
4717

Bag‘doddagi masjidlardan biri yonidagi terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘doddagi masjidlardan biriga kiraverishda terrorchi-xudkush tomonidan sodir etilgan terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.

Baghdad Today portali ma'lumotlariga ko‘ra, 7 kishi voqea joyida, yana 3 kishi shifoxonada halok bo‘lgan. Yana 30 ga yaqin odam shifoxonaga yetkazilgan.

Ta'kidlanishicha, masjid ichi va tashqarisida odatdagidek juma kuni odam ko‘p bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Terakt uchun hozircha hech qaysi bir guruh javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top