8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:50 / 21.06.2019 13194

Eron TIV urib tushirilgan uchuvchisiz qurilma tufayli AQShga e'tiroz bildirdi

Foto: Pars Today

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi AQShning Erondagi manfaatlarini rasman himoya qiluvchi Shveytsariyaning Tehrondagi elchixonasiga bog‘landi va Amerika pilotsiz uchar qurilmasining Eron havo hududlariga bostirib kirishi munosabati bilan Vashingtonga qat'iy e'tiroz taqdim etdi.

Mazkur e'tiroz juma kuni Eron tashqi ishlar idorasining rasmiy saytida ham e'lon qilindi.

«Amerika pilotsiz uchar qurilmasining Eron havo hududlariga noqonuniy bostirib kirgani va u qisqa muddatlarda Islom inqilobi soqchilari korpusi kuchlari tomonidan ushlangani munosabati bilan Abbos Araqchi Shveytsariyaning Tehrondagi elchisi bilan bog‘landi va AQSh hukumatiga qat'iy e'tiroz bildirdi», — deyiladi idora saytida. TIVning aniqlashtirishicha, «Amerika pilotsiz uchar qurilmasi Eron havo hududida bo‘lgani haqida inkor etib bo‘lmas dalillar bor. Urib tushirilgach, uning parchalari Eron hududiy suvlari sathida topilgan».

Eron Islom inqilobi soqchilari korpusidagilar payshanba kuni Eronning janubidagi Hurmuzgon viloyatida Amerika pilotsiz uchar qurilmasini urib tushirganini ma'lum qilishdi. AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili Bill Urban keyinroq apparat Hurmuz bo‘g‘ozi uzra, xalqaro havo hududida urib tushirilganini da'vo qilgan.

Teglar

Top