8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:08 / 21.06.2019 25299

Maxsus kuchlar, yuk mashinasi va vertolyot: 330 kglik erkak shifoxonaga qanday yetkazildi (video)

Foto: GulfToday

Pokistonning rasman eng og‘ir kishisi hisoblanuvchi Nur Hasanni shifoxonaga yetkazish uchun maxsus kuchlar, yuk mashinasi va vertolyot kerak bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, Hasanning vazni 330 kilogramm keladi.

Hasan o‘zini yomon his qilganda unga yordamga harbiy qutqaruv brigadasi va maxsus texnika yuborishga to‘g‘ri keldi. Dastlab Hasanni uyidan olib chiqish uchun uyi eshigini buzib, kattaroq joy ochishga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra 10 nafar maxsus jangchi Hasanni uyidan zambilda olib chiqqan, keyin esa u yuk ortgichda yuk mashinasiga ortilgan. Yuk mashinasi uni vertolyotgacha, vertolyot esa shifoxonagacha eltib qo‘ygan.

Eng og‘ir vaznli pokistonlikka aynan qanday tibbiy yordam kerak bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

2018 yilda dunyoda eng semiz erkak hisoblangan meksikalik Xuan Pedro Franko bir yil ichida 130 kg vazn tashlay oldi. Buning uchun 33 yoshli Franko bir necha marta operatsiya qilinib, oshqozonining yarmi olib tashlangan. Hozirda u parhezga amal qiladi va  jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. 

Top