8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:20 / 21.06.2019 3512

MDH davlatlarining milliy to‘lov tizimlari hamda bank rahbarlarining uchinchi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shu kunlarda Samarqand shahrida MDH davlatlarining milliy to‘lov tizimlari hamda bank rahbarlarining uchinchi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Abxaziya Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining to‘lov tizimlari hamda banklari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirning ochilish marosimida “Milliy to‘lov tizimi” (“Mir” to‘lov tizimining operatori) Bosh direktori Komlev Vladimir Valerevich va Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) (Uzcard banklararo to‘lov tizimining operatori) Bosh direktori Maxmudov Axror Abrorovich so‘zga chiqdi hamda ikkala davlatning to‘lov tizimlari infrastrukturasi rivojlanishi, to‘lov xizmatlarining sifati va xalq vakillariga taklif etilayotgan innovatsion yechimlar borasida fikr almashildi.

YaUPM Bosh direktori Ahror Mahmudov uchrashuv ishtirokchilari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar, “Mir” to‘lov tizimi bilan o‘rnatilgan hamkorlik natijasida karta egalariga taqdim etilishi ko‘zda tutilayotgan imkoniyatlar hamda Uzcard mijozlari uchun maqsad-vazifalar haqida gapirib o‘tdi.

“Bu, shubhasiz, O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega voqelikdir. O‘tgan yili Yerevanda o‘tkazilgan ishchi sessiyamizda MDHning deyarli barcha to‘lov tizimlari vakillari navbatdagi uchrashuvni aynan O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha qarorni katta xayrixohlik bilan qabul qildilar. 13 iyundan 15 iyunga qadar Samarqandda MDHning to‘lov tizimlari va markaziy banklari delegatsiyasi muhokamalar stoliga o‘tirib, bir qator muhim kelishuvlarga imzo chekishdi. Fikrimcha, Uzcard milliy  to‘lov tizimi va Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimlari o‘rtasida to‘siqsiz transchegaraviy to‘lovlar bo‘yicha imzolangan kelishuvni tom ma'noda haqiqiy yutuq, desa bo‘ladi. Shunday qilib, 13 iyun kuni real vaqt rejimida ushbu ikki to‘lov tizimlari o‘rtasida sinov tranzaksiyasi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. “Mir” to‘lov tizimi vakillari bilan 2019 yilning mart oyidan buyon faol muhokamalar olib borayotgan edik. Yil oxiriga kelib karta egalari eski amaliyotlardan voz kechgan holda, yangicha amaliyotlarni amalga oshirish, tovarlar xarid qilish va butun MDH hududida ikkila to‘lov tizimidan foydalangan holda xizmatlardan foydalanishlari quvonarli hol, albatta. Bu tarixiy hodisa”.

Ahror Mahmudovning qayd etishicha, ushbu qaror, shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik qobiliyatini o‘stirishda va biznesni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarga binoan, 2018 yil davomida MDH davlatlaridan mamlakatimizga 5 milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyurgan. Jumladan, “Mir” to‘lov tizimi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik nafaqat O‘zbekiston uchun, balki MDH davlatlarining istiqboli uchun ham xizmat qilib keladi. Rejaga muvofiq, integratsiya jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Joriy yilning yakuniga qadar, kompaniyamiz tomonidan Aloqabank bankining terminallar parkini protsessing markaziga ulash ishlari o‘z nihoyasiga yetkaziladi. Bugungi kunga kelib, ushbu bank 6380 ta POS-terminal va bir qator ATM qurilmalarini foydalanishga topshirib kelmoqda. Rossiya va O‘zbekiston to‘lov tizimlarini integratsiya qilish davri mobaynida ikki to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi «Uzcard-Mir» kobeydjing kartalarini muomalaga chiqarish rejalashtirilmoqda. Kobeydjing kartalarini foydalanuvchilar ihtiyoriga topshirishimiz bilan bir qator to‘lov jarayonlarining soddalashuviga, jumladan, kartadan kartaga pul o‘tkazish va MDH davlatlarida to‘lovlarni amalga oshirish kabi jarayonlar osonlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Umuman olganda, biz “Mir” to‘lov tizimining dasturiy yechimini qabul qilish va joriy etish tarafdorimiz”

«Mir» va Uzcard to‘lov tizimlari o‘rtasida to‘laqonli hamkorlik yuritilishining amaliy jarayonlari yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi,  infratuzilmani yaratish bo‘yicha keng miqiyosli ishlar, milliy qonunchiligimizda me'yoriy bazaning ishlanishi va xavfsizlik tizimining mukammallashtirilishi bilan bog‘liq.

“Imzolangan memorandum doirasida Uzcard ham tarkibiga kiruvchi to‘lov tizimlarining maslahat kengashini tuzishga qaror qildik. Ushbu kengash tavsiyalar berish bilan bir qatorda, vaqt va xalqaro kon'yunkturaning talablariga javob bermaydigan me'yoriy-huquqiy dalolatnomalarni aniqlash maqsadida me'yoriy bazani tahlil qiladi.

Bizni oldinda katta ishlar kutib turibdi. Shuni ishonch bilan aytishim kerakki, yaqin orada Uzcard tizimi mijozlari “Mir” tizimi bilan hamkorlik natijasida o‘z kartalaridan dunyoning istalgan burchagida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Avvallar, har bir to‘lov tizimi o‘z to‘lov kartasini xususiy maqsadlarda integratsiya qilar edi. Biz esa biror bir doirada chegaralanib qolmasdan, “Mir” kabi keng masshtabli bazadan foydalanishni taklif etdik. Bundan tashqari, QR-kodlarning yagona bazasini yaratmoqchimiz. Bu esa ma'lumotlaringizni xujumlardan himoyalashni ta'minlabgina qolmasdan, kontaksiz to‘lovlar imkoniyati hamda ma'lumotlar berilishini soddalashtiradi. Ayni amaliyot hozirda butun dunyoda kontaksiz to‘lovlarning eng xavfsiz yo‘li hisoblanadi”.

Shuningdek, ishtirokchilarga YaUPM faoliyatiga tegishli, Uzcard banklararo to‘lov tizimi infrastrukturasi, protsessing markazining 2004-2018 yillarni o‘z ichiga olgan statistik ma'lumotlar taqdimoti ishtirokchilar e'tiboriga namoyish etildi.

Rossiya Milliy to‘lov tizimi Bosh direktori Komlev Vladimir Valerevich tomonidan MDH davlatlari o‘rtasida rivoj topayotgan hamkorlikka tegishli fikr bildirildi:

“Biz MDH davlatlarida sayohat qilayotgan odamlarning qulay his etishlari uchun qo‘limizdan kelganini bajaramiz. O‘z navbatida, texnologik imkoniyatlarning yaratilishi chegarasiz to‘lov tizimining bir qismini tashkil etib, Rossiya va O‘zbekiston madaniyatlarining chambarchas bog‘ligini aks ettiradi”.

Uchrashuv yakunida MDH davlatlari to‘lov tizimlarining rahbarlari tomonidan to‘lov tizimlari texnologiyalarini takomillashtirish ishlarini rivojlantiruvchi kengash tuzilishi taklif etildi. Ikki kun davomida MDH davlari vakillari to‘lov tizimlari sohasidagi tajribasi va o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Teglar

Top