8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:20 / 21.06.2019 11158

O‘zbekiston qozoq benzinini import qilishi mumkin

Foto: Flickr

Qozog‘iston benzin mahsulotini O‘zbekistonga eksport qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi, mamlakatga import benzin kirib kelishi esa kelasi haftadan boshlanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Qanat Bozumbayev ma'lum qildi.

«Iyundan buyon benzin eksportini amalga oshirish uchun barcha sharoitni yaratdik, bu amaliyot kelasi haftadan boshlanishi kerak», — deydi vazir.

Qozog‘iston benzinni YevroOsiyo iqtisodiy hamkorligiga a'zo bo‘lmagan davlat — O‘zbekistonga eksport qilmoqchi. Ta'kidlanishicha, qozoq benzini Atirau neftni qayta ishlash zavodidan eksport qilinishi kutilmoqda. 

Joriy yil aprelda Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi hadli bitimni imzolagandi. Unga muvofiq, O‘zbekistonga neftni qayta ishlash zavodlari uchun xom neft yetkazib berish, kuz-qish davrida Qozog‘iston janubini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini o‘zaro rivojlantirish va neft-kimyo loyihalarini amalga oshirish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga imkoniyat paydo bo‘ladi.

Top