8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:27 / 22.06.2019 35086

Fotoreportaj: Senat XX yalpi majlisi suratlarda

2019 yil 21 iyunda Oliy Majlis Senatining navbatdagi XX yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika va xorijiy OAV vakillari qatorida Kun.uz vakillari ham ishtirok etdi hamda majlisda muhokama qilingan va ma'qullangan hujjatlar haqida tezkorlik bilan o‘quvchilariga axborot berib turdi.

Senat yalpi majlisining birinchi qismida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev senatorlar oldida nutq so‘zladi. Tanaffusdan so‘ng, “Turizm to‘g‘risida”, “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”, “Qurol to‘g‘risida”gi qonunlarni muhokama qilib, ma'qullashdi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ko‘rib chiqishdi. 

Bulardan tashqari, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jyeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonunini ko‘rib chiqishdi. 

Shundan keyin senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.    

Umuman olganda, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida 18 ta masala, shu jumladan 7 ta qonun ko‘rib chiqildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Quyida Senatning 20-yalpi majlisi chog‘ida olingan fotosuratlar jamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin. 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva
Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev
Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev
senator Xidirov Ochildi Gulatovich
Inson huquqlari vakil - Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev
Buxoro viloyati hokimi, senator O‘ktam Barnoyev
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov
senator Avazxon Ergashev
Oliy Sud raisi Kozim Komilov
senator Odiljon Iminov

Senat raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova
senator Rustamali Majidov
senator Azim Latipov
Oliy sud raisi K.Komilov va Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov
Namangan viloyati hokimi senator Xayrulla Bozorov

senatorlar Tojibar Yo‘ldosheva va Shukurjon Mamatqulov 

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari 
Samarqand viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov

senator Quvondiq Sanaqulov

senator Botir Matmuratov
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev
Senat raisi Tanzila Norboyeva
senator Tolibjon Madumarov

senator Sayyora Abdukarimova 
Senat raisi T.Norboyeva va o‘rinbosari S.Ortiqova

 

Top