8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:15 / 22.06.2019 4409

Huawei AQSh savdo vazirligini sudga berdi

Foto: Fred Dufour/AFP via Getty Images

Xitoyning Huawei kompaniyasi musodara qilingan telekommunikatsion qurilmasini qaytarishni talab qilib AQSh savdo vazirligini sudga berdi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar berdi.

Ikki yildirki, amerikalik amaldorlar 2017 yil iyulda Kaliforniya shtatidagi laboratoriyaga sinov uchun jo‘natilgan, ammo keyin Xitoyga jo‘natilayotganda Alyaskada musodara qilingan qurilmani olib chiqib ketishga litsenziya berish-bermaslik borasida bir qarorga kela olishmayapti.

Huawei ta'kidlashicha, kompaniya Amerika tomoniga jo‘natilayotgan vaqtda AQShdan olib chiqib ketish uchun alohida litsenziya talab qilinmaydigan bu mahsulot to‘g‘risidagi barcha ma'lumotni taqdim etgan. Biroq savdo vazirligi 20 oydan buyon qaror qabul qilmayapti.

Shu munosabat bilan Huawei suddan AQSh ma'muriyati “noqonuniy ravishda betaraf turgani yoki idoraning harakatlarini asossiz ortga surib kelayotgani”ni e'tirof etishni so‘ramoqda.

16 may kuni AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasi va uning 70ta filialini qora ro‘yxatga kiritdi. Keyinroq Google, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma'lum qildi. Shuningdek, Britaniyaning ARM korporatsiyasi ham ular safiga qo‘shildi.

Teglar

Top