8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:48 / 22.06.2019 3119

Kichik sanoat zonalari direksiyalari 2022 yil 1 iyungacha yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilindi

Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar tashkil etildi.

Kichik sanoat zonalari transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki o‘tkazish oson bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yerlarda tashkil qilinadi.

Kichik sanoat zonalari direksiyalari 2022 yil 1 iyungacha yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilindi.

Top