8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:45 / 22.06.2019 16529

NYT: Tramp Eronga zarba berish qarorini Fox News boshlovchisining maslahati bilan bekor qilgan

Foto: Susan Walsh/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga zarba berish qarorini bekor qilishdan oldin Fox News telekanalidagi o‘zining sevimli boshlovchilaridan biri Taker Karlsonning maslahatiga quloq solgan, deb yozadi The New York Times gazetasi.

Qayd etilishicha, Karlson davlat rahbari bilan oxirgi suhbatlaridan birida eronliklar urib tushirgan dron uchun qasos olish butunlay aqlsizlik bo‘lishini aytgan. Teleboshlovchi AQSh ma'muriyatidagi "qirg‘iylar" Tehronga qarshi kuch ishlatishni talab qilib prezident manfaatlariga zid harakat qilishayotganiga Trampni ishontirgan. Agarda Vashington Eron bilan urush boshlasa, Tramp 2020 yilgi saylovlarda qayta saylanish umidi bilan xayrlashishi mumkin, deya Karlsonning fikrlarini keltiradi gazeta.

Gazetaning eslatishicha, Tramp kamdan-kam hollarda bo‘lsa ham vaziyat jar yoqasiga kelib qolganini tushunganida hujum taktikasidan voz kechadi va ortga chekinadi.  

Avvalroq Donald Tramp amerikaliklarning uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirilganiga javoban Eronga zarba berish qarorini bekor qilganiga izoh bergandi. 

«Men bu hujum oqibatida qancha odam halok bo‘lishi haqida so‘radim. Bir yuz ellik kishi, ser, deya menga javob berdi general. Zarba berilishiga o‘n daqiqa qolganida bu qarorni bekor qildim, chunki bu urib tushirilgan uchuvchisiz dron uchun nomutanosib javob bo‘lardi», — deb yozdi u tvitterida.

Top