8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

01:26 / 22.06.2019 17571

O‘zbekiston litsenziyalanuvchi faoliyat turlarida o‘zgarish ro‘y berdi

Foto: KUN.UZ

«Sovuq qurol» tushunchasi litsenziyalanuvchi faoliyat turlaridan chiqarib tashlanmoqda. Bu haqda senator Gulnora To‘rayeva Senat 20-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish kiritish masalasi haqida qilgan nutqida ma'lumot berdi. 

To‘rayevaning aytishicha, “Qurol to‘g‘risida”gi Qonun bilan o‘qotar qurol qatorida fuqarolik va xizmat quroli turiga boshqa qurol turlari ham kiritilgan bo‘lib, qayd etilgan qurol turlarining yuqori ijtimoiy xavfliligi sababli ularga ham ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilishning litsenziyalash tartibi tatbiq etilgan holda, «sovuq qurol» tushunchasi litsenziyalanuvchi faoliyat turlaridan chiqarib tashlanmoqda. 

Shuningdek, sud departamenti vakolati Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilganligi uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunda «Sud departamenti» va «sud ijrochisi» degan so‘zlar tegishincha «Majburiy ijro byurosi» va «davlat ijrochisi» degan so‘zlar bilan almashtirilayotgani ta'kidlandi.

Top