8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:09 / 22.06.2019 19876

Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot Chimkentda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysini bajargan samolyoti germetiklik bilan muammo sababli Chimkentda qo‘nishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.  

“Air Astana’ning 22 iyunda Toshkent-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha KS 128 reysini bajargan samolyoti germetiklik bilan muammo sababli Chimkent aeroportida Olmaota vaqti bilan 16:15 da [Toshkent vaqti bilan soat 15:15] qo‘nishni amalga oshirdi”, deyilgan xabarda.

Samolyot ekipaji xavfsizlik qoidalariga binoan eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qilgan. “Samolyot odatdagi rejimda qo‘ngan. Jabrlanuvchilar yo‘q. Nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar “Chimkent-Olmaota” muntazam reysi bilan soat 22:40 da olib ketiladilar”, deb qo‘shimcha qilingan.

Top