8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:20 / 23.06.2019 3876

Tramp 2020 yilgi saylovda yutqazishga tayyor emasligini aytdi

Foto: Reuters

Amerika yetakchisi Donald Tramp 2020 yilda Qo‘shma shtatlarda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yutqazishga tayyor emasligi haqida gapirdi.

Qayd etilishicha, undan davlat rahbarligi uchun navbatdagi saylovda yutqazishga tayyor-tayyormasligi so‘ralgan.

«Yo‘q. Menimcha, yo‘q», — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda NBC.

U yutqazishni yoqtirmasligi va o‘z hayotida ham yutqazishga odatlanmagani haqida qo‘shimcha qilgan.

Tramp 18 iyun kuni prezidentlik poygasiga qo‘shilganini ma'lum qildi. AQSh prezidenti saylovlari 2020 yilning 3 noyabriga belgilangan.

Bundan avvalroq, Tramp ikkinchi muddat uchun saylov kampaniyasi doirasida 25 mln yevro mablag‘ yig‘ganini ma'lum qilgandi.

Top