07:40 / 23.06.2019
19604

Tramp Eronga zarba berish haqidagi buyrug‘ini bekor qilmagan

Foto: EPA-EFE/JIM LO SCALZO

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga zarba berish haqidagi buyrug‘ini bekor qilmay, shunchaki uning joriy bosqichda bajarilishini to‘xtatgan. Tramp bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

“Men OAVda noto‘g‘ri xabar qilinayotgandek, Eronga zarba berish haqidagi buyruqni qaytarib olmaganman, men faqatgina joriy bosqichda uni to‘xtatdim”, deb yozgan Tramp.

Eron harbiylari 20 iyunda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining RQ-4 razvedka olib boruvchi dronini urib tushirishgan. AQSh bunga javoban Erondagi uchta obektga zarba berishni ko‘zda tutuvchi harbiy operatsiyani tayyorlagan. Trampning aytishicha, u ushbu operatsiya boshlanishiga 10 daqiqa qolganda uni o‘tkazmaslikka buyruq bergan.

Mavzuga oid
Top