8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:30 / 23.06.2019 9163

Tramp kongress spikeri qo‘ng‘irog‘idan keyin ommaviy deportatsiya boshlanishini keyinga qoldirdi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressning quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi qo‘ng‘irog‘idan keyin noqonuniy migrantlarga qarshi 23 iyunda boshlanishi kerak bo‘lgan reydlarni 2 haftaga qoldirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Tramp 22 iyun tvitterda demokratlar iltimosi bilan noqonuniy migrantlarning ommaviy deportatsiyasi boshlanishini keyinga qoldirishini ma'lum qilgan. AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi deportatsiya jarayonini 23 iyunda AQShning 10 ta yirik shahrida boshlashi kerak edi. Tramp respublikachilar va demokratlarga AQShning janubiy chegarasidagi muammoni hal qilib olish uchun 2 hafta vaqt berdi.

CNN ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp va Pelosi soat 19:20larda 12 daqiqa suhbatlashishgan. Ta'kidlanishicha, Pelosi reydlarni “oilalarni barbod qiluvchi shafqatsiz va qo‘pol harakatlar” deb atagan. Uning fikricha, Tramp migratsiya maqomini buzish va og‘ir jinoyat o‘rtasidagi farqni ko‘rmayapti.

Keyinroq Pelosi tvitterda Trampning reydlarni qoldirish qarorini qutlagan. “Barcha jihatlarni qamrab oluvchi immigratsiya islohotlari uchun vaqt kerak. Oilalar ajralmas bo‘lib qoladilar”, deb yozgan demokratlar vakili. 

Tramp ommaviy deportatsiya boshlanishini joriy haftada e'lon qilgandi. U “noqonuniy migrantlar AQSh hududiga qanday tushgan bo‘lsalar, shunday tez chiqarilib yuborilishlari”ga va'da bergan.  

Top