8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:00 / 24.06.2019 4234

Nukus garnizonida harbiy xizmatchilar tungi va kunduzgi o‘q otish mashqlarini bajarishdi

Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida rejalashtirilgan amaliy dala o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Poligonga yetib borish uchun harbiy xizmatchilar 40 kilometrlik marsh yurishdi. E'tiborlisi, marsh masofasining yarmini shaxsiy tarkib piyoda tarzda bosib o‘tdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Dala o‘quv maydonidagi amaliy mashqlar tungi sharoitda o‘q otish mashg‘ulotlaridan boshlandi. Piyoda bosib o‘tilgan uzoq masofa harbiy xizmatchilarning jismoniy va axloqiy-ruhiy holatiga ta'sir ko‘rsatmadi. Nishonlar tunda ham, kunduzi ham birdek yakson etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qurol va harbiy texnikalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar kunduzi ham davom etdi. Cho‘l hududida joylashgan poligonning issiq va quruq havosi yurt posbonlarini yana sinovga chorlardi. Poligon bo‘ylab tashkil etilgan o‘quv joylarida harbiy xizmatchilarga qurolni o‘q otishga hozirlash, mo‘ljalga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv yig‘ini davomida askarlar birinchi marotaba minomyotlardan amalda o‘q uzib, nishonlarni yo‘q qilishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 Dala-o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Oldinda hali zenit qurilmalaridan amaliy o‘q otish mashqlari kutmoqda», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabarida.

Top