8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:30 / 24.06.2019 25823

Qozog‘istondagi portlashlar bir necha kun davom etishi mumkin

Qozog‘iston janubidagi Aris shahrida joylashgan harbiy qismda o‘q-dori omborida ro‘y bergan portlashlar keyingi kunlarda ham davom etishi mumkin. Bu haqda Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Shukeyev ma'lum qildi. 

24 iyunda 44,3 ming kishi yashaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan, ulardan 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Portlashlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Ko‘lamlar juda katta va portlashlar bir necha kun davom etishi mumkin, xavfsizlik maqsadida aholini olib chiqishimiz lozim”, deb aytgan Shukeyev matbuot anjuman davomida.

Top