8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:03 / 24.06.2019 27901

Sartepa da ko‘cha o‘rtasidagi quduq mashinalarni ag‘darmoqda (Video)

Sartepa Samarqand shahridagi eng aholi zich joylashgan va mashinalar serqatnov hududlardan biri. Shahardagi birinchi tramvay liniyasi (yaqinda yana bir marta o‘z yo‘lidan chiqib ketgan tramvay) ham aynan ko‘p qavatli binolarga boy bo‘lgan Sartepa hududidan o‘tadi.

Samarqand shahrining ko‘p ko‘chalarida bo‘lgani kabi bu yerda ham ko‘cha o‘rtasidagi kanalizatsiya qudug‘i mashinalar qatnoviga xalaqit bermoqda. Kun.uz o‘quvchilaridan biri korxonasining nazorat kamerasiga tushib qolgan bir holat videosini tahririyatga yubordi.

Unda aynan Sartepaga kiraverishdagi o‘sha quduqqa g‘ildiragi kirib ketgan «Damas» ag‘darilgani ko‘ringan. Bu video kelgach, Kun.uz muxbiri voqea joyiga bordi va quduq hamon ochiq holatda yotganiga guvoh bo‘ldi. Mahalliy aholining aytishicha, bu quduq ko‘pchilikka zarar yetkazadi, ammo u hamon ochiq yotibdi.

Shu o‘rinda Samarqandning havas qilarli darajada bo‘lmagan yo‘llarida bunday ochiq quduqlar oz emasligini ta'kidlash kerak...

Top