8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:34 / 24.06.2019 9810

Tramp oyatulloh Xomanaiyga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi “qat'iy sanksiyalar” joriy qilinishi haqidagi farmonni imzolaydi. Bu sanksiyalar Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi qaratilgan bo‘ladi.

Tramp aynan qanday choralar ko‘rilishiga aniqlik kiritmagan, biroq ular Eronda yadro quroli paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan bo‘ladi. 

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens sanksiyalar Eron AQSh dronini urib tushirgani hamda Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeriga hujumlarga javoban kiritilishini aytgan.

Top