8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:40 / 24.06.2019 73055

Video: Qozog‘istondagi harbiy qismda portlashlar ro‘y berdi, shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida joylashgan harbiy qismda portlashlar ro‘y berdi va yong‘in kelib chiqdi.

Hodisaga bir necha snaryadlar portlab ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Aris shahridagi harbiy qismda davomli portlashlar ro‘y bergach, mahalliy aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 9.20larda bo‘lgan. Turkiston viloyatida favqulodda vaziyat e'lon qilingan. Shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Birinchi partiyada 40ta avtobusda aholi shahardan olib chiqib ketilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqda hodisa tasvirlari tarqalmoqda.

Videolarda portlashdan keyin quyuq tutun osmonga o‘rlaganini, odamlar xavfli hududni tark etishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

«Turkiston viloyatida favqulodda holat e'lon qilingan, barcha tumanlardagi maxsus xizmatlar shay holatga keltirilgan. Atrofdagi barcha aholi punktlarini va shaharni to‘liq evakuatsiya qilishga zarurat yuzaga kelgan», degan oblast rahbari Umirzak Shukeyev.

Ma'lumot uchun, Toshkent shahridan 180 kilometr masofada joylashgan Aris shahrida 43 mingga yaqin kishi yashaydi. Chimkentda 15ta evakuatsiya punkti ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda ham Turkistondagi harbiy qismda portlash ro‘y berib, bir kishi vafot etgan edi. Bu hodisa portlovchi moddalarni yo‘q qilish amaliëti chog‘ida sodir bo‘lgan.

Top