07:22 / 25.06.2019
15831

AQSh Putin va Tramp G20 sammitida uchrashishini e'lon qildi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Osakadagi «Katta yigirmatalik» sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali amaldori ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

Ular uchrashuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollanish ustidan nazorat mavzularini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashadi.  

Tramp o‘tgan haftada Yaponiyadagi sammit vaqtida Putin bilan uchrashishini aytgandi. 

«Men Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqchiman va bunga erisha olamiz deb o‘ylayman», — dedi u. Putin ham o‘z navbatida Osakadagi sammitda amerikalik hamkasbi bilan uchrashish imkoniyati bo‘lishini bildirdi.

Top