8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:40 / 25.06.2019 51633

«Bayonotlar faqat shaxsiy tashabbuslar». Oliy sud Gulnora Karimova oqlanishi bo‘yicha rasmiy murojaat yo‘qligini ma'lum qildi

Bugun, 25 iyun kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Oliy sud raisining jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, iqtisodiy, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari va matbuot xizmati boshliqlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Oliy sud vakillaridan Gulnora Karimova ishini qayta ko‘rib chiqish va uni oqlash bo‘yicha Oliy Sudga qandaydir murojaat kelib tushgan-tushmagani haqida so‘raldi.

«Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Oliy Sudga yaqin vaqt ichida biror murojaat kelib tushmagan. Uning va oila a'zolarining turli manbalar orqali qilayotgan bayonotlari Gulnora Karimovaning shaxsiy tashabbuslaridir. Bu borada biror rasmiy hujjat ko‘rib chiqilayotgani yo‘q», deya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

23 iyun kuni Gulnora Karimova prezidentga va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib chiqqandi.

24 iyun kuni Shveytsariya bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning «muzlatilgan» pullaridan 133 million dollar O‘zbekistonga qaytarilishini ma'lum qildi.

Top