8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:20 / 25.06.2019 9285

Deyan Jurjyevich «Navbahor» bosh murabbiyi qilib tayinlandi

Serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjyevich «Navbahor» bosh murabbiyi lavozimini egalladi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz muxbiri.

Bugun, 25 iyun kuni klubda taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi murabbiyni tanishtirdi.

Shundan so‘ng Namangan shahar hokimi, «Navbahor» klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov va Deyan Jurjyevichlar o‘zaro shartnomaga imzo chekishdi.

Ma'lumot uchun, 51 yoshli mutaxassis 2012 yilda «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘lgan, keyinroq Samvel Babayan O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruviga kelgach, unga xorijlik yordamchi va O‘FF qoshidagi Terma jamoalar markaziga texnik direktor etib tayinlangan edi. Jurjyevich faoliyati davomida, shuningdek, Serbiya o‘smirlar terma jamoasi va Serbiyaning qator klublarini boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor»ni 2018 yil oktyabridan buyon boshqarib kelgan rossiyalik Andrey Kanchelskis o‘tgan hafta oxirida qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgandi.

«Lochinlar» Superligada 12-turdan keyin 4-o‘rinda borishmoqda. 

Top