8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:50 / 25.06.2019 3945

Promes «Ayaks»ga qaytdi

«Sevilya» yarimhimoyachisi Kvinsi Promes yana «Ayaks» a'zosiga aylandi.

Amsterdamliklar jamoasi rasmiy saytiga ko‘ra, klub 27 yoshli o‘z tarbiyalanuvchisi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.

Promes «Ayaks»da 11-raqamda o‘ynaydi. Uning uchun niderlandlar «Sevilya»ga 15,7 mln yevro to‘lashmoqda. Bu summa bonuslar hisobiga yana 1,5 millionga ortishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Promes 16 yoshida maydon va uning tashqarisidagi xulq-atvori tufayli «Ayaks» akademiyasidan chetlatilgan. Ilk professional shartnomasini 2011 yilda «Tvente» bilan imzolab, 2014 yilda Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tgan. Rossiyadagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng u o‘tgan yili 20 mln yevro evaziga «Sevilya»ga transfer qilingan edi.

Ispan klubi safida Kvinsi La Liganing 33ta turida maydonga tushdi va 2+3 samaradorlik natijasiga erishdi.

Top