8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:17 / 25.06.2019 11747

Tramp Yaponiya bilan kelishuvni bekor qilish haqida o‘ylamoqda

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bilan tuzilgan xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvdan chiqishni o‘ylamoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Yaponiyaga hujum qilinishi holatida AQShning unga harbiy yordamini ko‘zda tutuvchi hujjat haqida bormoqda.

Tramp hujjat aksincha holatda Yaponiyaga AQSh himoyasiga o‘tish majburiyatini qo‘ymasligidan norozilik bildirgan.

Ta'kidlanishicha, AQShning kelishuvdan chiqishi Yaponiyaga Osiyo-Tinch okeanida xavf tug‘diradi.

Top