8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:54 / 26.06.2019 7112

2035 yilgacha O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari yakunlanmoqda

Joriy yilning may-iyun oylarida «Buyuk Kelajak» XNNT tomonidan 2035 yilgacha O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari tashkil etildi.

Strategiya maqsadlari

Hozirgi shiddatli zamonda mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish modelini belgilash va barcha sohalarda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab quvvatlash zarur. O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi «Buyuk Kelajak» ekspertlari tomonidan ishlab chiqilib, mamlakatimizni dunyoning iqtisodiy rivojlangan 50ta mamlakatiga kirishini ta'minlashga qaratilgan. Konsepsiya davlat boshqaruvini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Hujjat kim tomonidan va qay tarzda ishlab chiqilgan?

Strategiya loyihasini rivojlangan mamlakatlarda yashovchi, turli sohalarda professional tajribaga ega bo‘lgan «Buyuk Kelajak» ekspertlari ishlab chiqdilar. Strategiya ustida ishlash yondashuvlari, takliflar va Strategiya konsepsiyasi loyihasi «O‘zbekiston 2035» birinchi va ikkinchi xalqaro forumlari doirasida muhokama qilindi. Muhokamalarda deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etdi. Olingan tavsiyalar asosida Strategiya konsepsiyasining loyihasi takomillashtirildi.

Jamoatchilik muhokamalari nima maqsadda tashkil etildi?

Strategiya loyihasiga jamiyat hayotining asosiy jabhalariga oid taklif va tavsiyalar kiritilganligi sababli, keng jamoatchilikning fikrini o‘rganib chiqish zarur degan to‘xtamga kelindi. Shuning uchun O‘zbekistonda yashovchi jinsi, kasbi va millatidan qat'iy nazar barcha uchun hujjat mazmuni bo‘yicha fikr bildirish va baholash imkoniyati yaratildi.

Jamoat muhokamalari qanday o‘tkazildi?

Jamoatchilik muhokamalari doirasida «Buyuk Kelajak» ekspertlari JIDU, TDYuU, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti, O‘zbekiston bank va moliya akademiyasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi va boshqa oliy ta'lim muassasalarida Strategiya bo‘limlarining taqdimotlarini o‘tkazdilar. Uchrashuvlarda magistrantlar, doktorantlar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirda Strategiya konsepsiyasining materiallari muhokama qilindi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ekspertlarga berishdi va o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Jamoatchilik muhokamalari davomida olingan izohlari, sharh va tavsiyalar ekspertlar, strim-rahbarlari va «Buyuk Kelajak» muvofiqlashtirish kengashining a'zolaridan iborat bo‘lgan maxsus tashkil etilgan komissiyaga topshiriladi. Komissiya ishi yakunlangach, Strategiya konsepsiyasining loyihasi mamlakat rahbariyatiga taqdim etiladi.

Sharhlarni qabul qilish 2019 yil 26 iyun kuni to‘xtatiladi. Ungacha sizda o‘z fikr va mulohazalaringizni saytda qoldirish imkoniyati mavjud:

www.uzbekistan2035.uz/uz

«Buyuk Kelajak» ekspertlar kengashiga doir yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Telegram: t.me/officialBuyukKelajak

Youtube: youtube.com/c/BUYUKKELAJAK

Facebook: fb.me/INGOBuyukKelajak

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top