13:50 / 26.06.2019
6622

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida xavfsizlik xizmatining sakkiz xodimi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi natijasida xavfsizlik xizmatining sakkiz xodimi halok bo‘ldi va yana 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma'lum qilishicha, hujum seshanba oqshomida amalga oshirilgan.

“Tolibon” jangarilari Hirot viloyatidagi Gulran tumani markaziga hujum uyushtirishi oqibatida xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimi halok bo‘ldi, yana 16 kishi, jumladan tuman politsiyasi boshlig‘i jarohatlandi", - dedi viloyat politsiyasi matbuot kotibi Abdulla Ahad Valizoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv ertalabgacha davom etgan, toliblar markazni egallay olmagan.

Top